Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turk deputatining uyida o‘zbekistonlik qiz o‘z joniga qasd qildi

Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Shirin Unalning uyida 1 yildan beri ishlab kelayotgan 23 yoshli o‘zbekistonlik Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilgan.

Nodira Qodirova bir kun avval dugonasi Layloga “Juda yomon ishlar bo‘lyapti. Akamni yuziga qanday qarayman? Yashashni istamayapman”, deb aytadi.

Marhumaning akasi aytgan so‘zlarga ko‘ra, Nodira soat 08:48da deputat Unalning to‘pponchasi bilan yuragiga o‘q uzgan. Bilkent shifoxonasiga yotqizilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.

“Singlim 4 yildan beri Turkiyada yashaydi. Hech qanday muammosi yo‘q edi. Uning joniga qasd qilishi bizni ham hayron qoldirdi. Shu bilan birga, deputatning aralashuvi bilan ish tezda bosdi-bosdi qilingan. 25 sentyabr soat 22:00da jasadini vatanga olib ketamiz”, degan Muhammadali Qodirov.

Dastlabki texnik ekspertiza suitsiddan boshqa biror ish bo‘lganini tasdiqlamadi. Marhumaning akasi esa voqea bo‘yicha shubhalari borligini aytmoqda.

Anqara politsiya boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, suiqasd deputatning rafiqasi, qizi va boshqa xizmatchilar uyda bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan va voqea prokurorning nazorati va topshiriqlari asosida o‘rganilmoqda.