Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya va Ozarbayjon harbiylari mashg‘ulotlarni boshladi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xabar berishicha, Ozarbayjon Turkiya armiyasi bilan qo‘shma operativ-taktik mashg‘ulot boshladi.

Mashqlar Ozarbayjon armiyasining harbiy qismlari javobgar bo‘lgan hududlarning umumharbiy mashg‘ulot maydonlarida o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad – Ozarbayjon va Turkiya qo‘shinlari tezkor bo‘linmalarining o‘zaro harakatini yaxshilash va jangovar samaradorligini oshirish. Shu bilan birga, mashg‘ulotlardan tezkor bo‘linmalar qo‘mondonlari o‘rtasida harbiy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zlangan.

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ozarbayjon bilan mudofaa sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullagandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning avgust oyida Ozarbayjon va Armaniston qurolli kuchlari qo‘shma harbiy mashqlarni olib borgandi. O‘shanda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bundan boshqa ma’no yoki favqulodda holat qidirmaslik, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida hamkorlikdagi bunday mashqlar har yili o‘nlab o‘tkazilishi haqida gapirgan. Biroq oradan bir oy o‘tar-o‘tmas Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Qorabog‘ urushi qayta olovlandi. 30 yil davomida Armaniston ishg‘oli ostida bo‘lib kelgan hududlar 44 kunlik qurolli to‘qnashuvlar natijasida Ozarbayjon nazorati ostiga o‘tdi.