Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyada emlanishni xohlovchilarning navbati bir necha yuz metrlarni tashkil etmoqda

Bugungi kunda Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 4,3 million kishini tashkil etadi (dunyoda 7-o‘rin), shundan 36 mingdan ortig‘i vafot etgan. Shu paytgacha 12 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan.

So‘nggi bir hafta davomida Turkiyada koronavirus holati keskin yomonlashdi. Shunga ko‘ra, Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja endi mamlakatda 55 va undan katta yoshdagi odamlar ham vaksina bilan emlanishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Ushbu bayonotdan so‘ng emlanishni istagan ko‘plab fuqarolar Anqaradagi emlash markazlarida uzun navbat hosil qila boshladi. Ushbu davlatda fuqarolar Sinovac Biotech va Pfizer Biotech vaksinalari bilan emlanmoqda.