Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilada O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi shaharda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida O‘zbekiston fuqarolarining jabrlangani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini xabar qildi.

TIV xabarida qayd etilishicha, Bosh konsulxona odatdagi tartibda ishlamoqda.

Ma’lumot uchun, Istanbul shahrida 26 sentyabr kuni 5,9 balli zilzila sodir bo‘lgan. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida 34 kishi jabrlangan. 473 ta bino zarar ko‘rgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.