Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tutqanoqmi yo shaytonlash?

Bu kasallikni deyarli hamma biladi. Uni “talvasa”, “akashak”, “quyonchiq” (ruschada “sudoroga”, “pripadka”) tarzida ham qo‘llaymiz. Tibbiyot fanlari doktorlari Saydulla Rasulov, Furqat Shamsiyev va Rustam Sharipov tibbiyot ilmida “shaytonlash” deb atashni taklif etishdi. Ular erta yoshdagi bolalarning bunday holatiga izoh va tasnif ishlab chiqdilar. Bu esa mazkur kasallikni davolashda yangi imkoniyatlar yaratdi.

Olimlarning “Mashhur press” nashriyotida chop etilgan qo‘llanmasida “shaytonlash” holatining sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik ko‘rinishlari, zamonaviy diagnostik usullari ifoda etilgan. Mualliflarning kitobga xuruj davrida shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun mavjud xalqaro normalarni xam kiritishgan.

Bahora MUHAMMADIYEVA.