Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch o‘zbekistonlik Qozog‘istonda YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 2 avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ulardan uch nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga tayanib xabar bermoqda.

Yo‘lovchilar – F.T. va D.A. voqea joyida, yana O‘zbekiston fuqarosi R.J. Chimkent shahar shifoxonasida vafot etgan. 

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildirmoqda.