Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch vazir Qonunchilik palatasida axborot beradigan bo‘ldi

Parlament quyi palatasining bugun o‘tkazilgan majlisida xalq vakillari tomonidan bir qator vazirliklarning axborotini eshitish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bu haqda “Biz Adolat tarafdorimiz” telegram kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanovning «2019 yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasining joriy yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.Begalovning «O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini ta’minlash masalalari to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning «Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘lamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi axborotlari eshitiladi.

Shuningdek, majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.