Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlar o‘qitilmoqda

Ayni paytda viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida joriy yil dekabr oyida parlament va mahalliy kengashlar deputatligi uchun bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etuvchi uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlar o‘qitilyapti.

O‘quvda uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlarga saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilik, saylov komissiyalari va ularning vakolatlari, saylov jarayoni ishtirokchilari va saylovda ovoz beruvchilar ro‘yxati kabi masalalar tushuntirilmoqda.

– Bunday o‘quv seminarlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlarni saylovga oid qonunchilik bilan yaqindan tanishtirish, ularning mazkur jarayon bilan bog‘liq bilimlarini oshirishdan iborat, – deydi trener Umida Murtazayeva. – Chunki, bu yilgi saylov yangi qabul qilingan saylov kodeksi asosida tashkil etiladi. Saylov jarayonlarida ham avvalgiga nisbatan o‘zgarishlar bor. 2 avgustdan 4 avgustgacha 6 nafar trener poytaxtimizda malaka oshirib keldi va ular 8-10 avgust kunlari Samarqand shahrida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan 64 nafar vakilni o‘qitdi. 13 avgustdan boshlab 64 nafar trener joylarda uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlar bilan mashg‘ulot olib bormoqda.

2-30 sentyabr kunlari uchastka saylov komissiyasi raisligiga nomzodlar va ularning o‘rinbosarlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitish rejalashtirilgan.

A.Po‘latov.