Ukraina aviatsiya yordamida Qrimga zarba berdi
- 13.09.2023 15:28
- 122
- Xorij

“Strana” nashrining xabar berishicha, Ukraina qurolli kuchlari aviatsiyasi G‘arbning uzoq masofali raketalari yordamidagina bunday zarbalarni amalga oshirishi mumkin.
Avvalroq harbiy ekspert Vasiliy Dandikin Ukraina Sevastopolga Britaniyaning qanotli raketalari yordamida hujum qilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Shuningdek, unga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Qrimga tungi hujumda uchuvchisiz katerlardan ham foydalangan.
13 sentabrga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Sevastopoldagi kema ta’mirlash zavodiga o‘nta qanotli raketa bilan raketa hujumi uyushtirgan. Ishlab chiqarish hududida yong‘in sodir bo‘lgan. Tez orada ikki kishi hujum qurboniga aylangani, jarohatlanganlar soni esa 26 kishiga yetganligi ma’lum bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qora dengizdagi platformalarini qaytarib olgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yaponiyaning Nara shahri hokimi - Samarqandda
- 2 soat avval
- Samarqand
Elektr ta’minotidagi muammolar qachon kamayadi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Mahallangiz nomi ma’nosini bilasizmi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Kredit olish oson, uni qaytarish esa...
- 3 soat avval
- Qishloq xo'jaligi