Ular qanday turadi?: Mo‘’jizaviy tarzda muvozanat saqlab turgan toshlar

Dunyoning ko‘p qismlarida tog‘lar, boshqa toshlar yoki muzliklar ustida muvozanat saqlab turgan ulkan toshlar kabi tabiiy mo‘’jizalarni uchratish mumkin.

Ertaklardagidek ko‘rinadigan hodisa ko‘plab sayyohlarni jalb qiladi, shu sababli ular esda qolarli suratga tushish uchun mashhur diqqatga sazovor joylarga borishadi.

Kema-tosh (Kolorado)

Tabiatning bu sirini Koloradodagi "Xudolar bog‘i"da ko‘rishingiz mumkin. Tosh paroxodga o‘xshaydi, shuning uchun shunday nomlangan.

Mahabalipuram (Hindiston)

Sharsimon Krishna silliq toshi o‘z muvozanatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tog‘ yonbag‘rida saqlaydi. Bu yerda haqiqatan ham ilohiy kuchlarning aralashuvi bordek tuyulishi mumkin, chunki toshning o‘zi o‘zini ushlab turishiga ishonish qiyin. Hatto o‘nlab fillar ham bu silliq to‘pni qimirlata olmasligiga aholining ishonchi komil.

Keragbolten (Norvegiya)

Bu sayyoradagi eng mashhur osig‘liq tosh Norvegiyaning Kerag platosidagi milliy bog‘da o‘rnashib olgan. Go‘yo ikki tog‘ qoyali qirg‘oqlar bilan o‘ralgan go‘zal va chuqur dengiz ko‘rfazi - Lyuse-fordga tushishga harakat qilayotgan 1 kilometrlik balandlikda osilib qolgan toshni ehtiyotkorlik bilan ushlab turayotgandek.

Sent-Meri, Long-Aylend (Kanada)

Digbi okrugi yaqinidagi tubsizlik ustida o‘tqazib qo‘yilgan ulkan bazalt ustunini ko‘rib, qoyil qolish uchun Kanadaga borish kerak bo‘ladi. Kuzatuvchiga shamolning birinchi shiddati bu tosh bo‘lagini uchirib yuborib, dengizga qulatib yuboradigandek tuyulishi mumkin. Biroq, ming yillar davomida bunday bo‘lmagan!

Yuta parkidagi tosh (Amerika)

Yuta shtatidagi Arka nomli park 16 myetr balandlikda joylashgan toshni o‘z ichiga olganligi bilan mashhur. Tosh o‘lchamini 3 ta avtobus bilan solishtirish mumkin.

«Ona va bola» (Zimbabve)

Odamlar Buyuk Zimbabve bog‘idagi bu toshni yelkasida bolasini ko‘tarib yurgan onaga o‘xshatishadi. Tabiat yaratgan haykal shu qadar ta’sirchanki, sayyohlar bu yerga aynan uni ko‘rish uchun kelishadi. Shuningdek, bu yerda boshqa muvozanatli katta toshlar ham bor. Ulardan biri hatto Zimbabvening milliy valyutasida tasvirlangan.

Torkal toshlari (Ispaniya)

Anteker shahridagi Torkal parkida ajoyib tabiiy haykallarni uchratish mumkin. Bir qarashda, tabiat mahsuli ertakdagi bahaybat oshpaz shakli tarelkalarga juda o‘xshash toshlarni ustma-ust qo‘yib chiqqandek taassurot qoldiradi.

Arizona Glen-Kanoni (Amerika)

Arizona milliy qo‘riqxonasidagi Pauyell ko‘li ustida osilgan qoyalar Mars panoramasini eslatuvchi ajoyib manzara yaratadi.

Brimhem qoyalari (Buyuk Britaniya)

Shimoliy Yorkshir ham tashrif buyurishga arziydi, chunki Brimhem yaqinida qo‘ziqorinlar yoki boshqa fantastik o‘simliklar bilan adashtirilishi mumkin bo‘lgan toshlar bor. Murakkab shakli va muvozanati bilan ajralib turadigan bu qoyalar nafaqat sayyohlarning mashhur diqqatga sazovor joyi, balki muhim geologik obyektga aylanishga ulgurgan.

Shayton toshlari (Avstraliya)

Bu katta toshlar Avstraliyadagi cho‘lning cheksiz qumlari ustida bo‘y cho‘zib turadi. Mahalliy aholi ularni tosh bo‘laklari emas, balki ulkan ilon qo‘ygan tuxum ekanligiga chin dildan ishonadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.