Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Umra safari qachon boshlanishi haqida ma’lumot berildi

Kecha, 4 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan “Haj-2019” mavsumi yakunlariga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yil qariyb yetti ming nafar kishi haj safarida bo‘lib, islom dinining beshinchi arkonini ado etib qaytdilar. Ularga ishchi guruhining 200 dan ziyod a’zolari hamrohlik qilib, muqaddas ibodat ruknlarini to‘la-to‘kis bajarishlari uchun yaqindan ko‘mak berdilar.

Anjumanda har bir ziyoratchidan olinadigan mablag‘ o‘tgan yildagiga nisbatan 5 million so‘mga arzonlashtirilgani, Madina va Makka shaharlarida ziyoratgohlarga yaqin, eng muhimi, yuqori darajada servis xizmatlari ko‘rsatiladigan mehmonxonalardan foydalanilgani, pirovardida O‘zbekiston hojilarga yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha birinchi beshtalik davlatlar qatoridan joy olgani e’tirof etildi.

Brifingda joriy yil umra mavsumi 20 sentyabrdan boshlanishi, 1 oktyabrdan e’tiboran esa kuniga 2 ta maxsus aviareys yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.