Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Umra safariga borgan fuqarolarni sarson qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

"O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan vatandoshlarimizni Umra safaridan qaytarish choralari ko‘rmagan hamda boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan xususiy aviakompaniya mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi", deyiladi bayonotda.