Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Umumjamoa hisobida vakillarimiz uchinchi

Sirdaryoda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston “Yoshlik” JTSJ markaziy kengashi sovrini uchun stol tennisi bo‘yicha mamlakat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada respublikamizning viloyat va shaharlaridan 56 nafar sportchi ishtirok etdi. Samarqand shahridagi 55-umumta’lim maktabi o‘quvchilari Shohruh Iskandarov, Shahriyor Sirojiddinov, Hulkar Shomurodova hamda Nilufar Abduvaliyevalar viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, shaxsiy birinchilikda Shohruh Iskandarov birinchi, Shahriyor Sirojiddinov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Shohruh va Shahriyor hamda qiz bolalar o‘rtasida Hulkar Shomurodova hamda Nilufar Abduvaliyeva juftligi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida vakillarimiz uchinchi o‘rinni band etishdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.