Umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari qanday o‘tkaziladi?
- 24.05.2024 15:27
- 117
- Ta’lim

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertaga, 25 may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi.
Tadbirga maktab o‘quvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi. Unda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar rag‘batlantiriladi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, o‘quvchilardan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish kabilar taqiqlanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat