Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Universiada-2019: SamDU talabasi bronza medali sohibi!

Dzyudochilarimiz Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan Talabalar Universiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti.

Hozirgina mutlaq vazn toifasida ishtirok etayotgan Samarqand davlat universiteti talabasi Davlat Bobonov bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Davlat Bobonov bronza medali uchun kechgan bellashuvda ozarbayjonlik mashhur dzyudochi Rustam Kotsoyevni mag‘lub etdi va O‘zbekiston delegatsiyasiga to‘rtinchi medalni taqdim etdi.