Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tuman markazida kinoteatr tashkil etildi

Avvallari boshqa joylardagi bo‘lgani singari Urgut tumani markazida ham katta kinoteatr bor edi. Ammo keyinchalik boshqa joylarda bo‘lgani singari bu kinoteatr faoliyati ham to‘xtab qoldi.

Bugun yurtimizda kino sanoati va san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi, kinoteatrlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun davlat tomonidan bir qator imtiyozlar yaratilishi tufayli boshqa joylarda bo‘lgani singari Urgutda ham kinoteatr qayta tashkil etildi.

Tumanning Kamardon mahallasida yashovchi tadbirkor M.Sharopova bankdan  1 milliard 500 million so‘m imtiyozli kredit olib “Urgut kino video” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Eski kinoteatr binosi bugungi kun talablariga mos holda ta’mirlanib, jihozlandi va 200 o‘rinli tomosha zali tashkil qilindi.

Shuningdek, kinoteatr yonida tikuvchilik sexi, chet tillar o‘rganish o‘quv markazi va nuroniylar choyxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur majmua ishga tushishi bilan mahallaning yigirmaga yaqin yoshlari doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.