Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumani hokimligi Mergancha massiviga ko‘chiriladi

Ma’muriy binolar qurilishi uchun Urgut tumani hokimligiga Kamongaron mahallasidan 3 gektar yer maydoni doimiy foydalanish uchun ajratilgan.
Bu haqda viloyat hokimligining tegishli qarori imzolangan.

Darvoqe, Davlat rahbari imzolagan farmonga asosan bu hududda “Yangi O‘zbekiston” massivi ham barpo etiladi.

Viloyat hokimi imzolagan yana bir qarorga ko‘ra, Turizm bog‘i hududidan qabullar uyi binosi qurish uchun Samarqand viloyati hokimligiga 0,06 gektar yer maydoni doimiy foydalanish uchun ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turizm bog‘i Universitet xiyoboni Orzu Mahmudov ko‘chasida joylashgan.

Viloyat hokimining har ikki qarorida ham tegishli viloyat tashkilotlari ob’yektlarni belgilangan tartibda loyihaoldi shaharsozlik hujjatlarini o‘z muddatida ishlab chiqib tasdiqlash, ekspertiza xulosalarini olish va tender savdolarini o‘tkazish choralarini ko‘rishi belgilangan.

Viloyat hokimligi injiniring kompaniyasi, tegishli loyiha tashkiloti, viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga mazkur ob’yektning qurilish-montaj ishlarida qurilish sifati yuzasidan texnik, mualliflik va davlat nazoratini qat’iy olib borilishini, ob’yektda belgilangan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlangan reja-grafik asosida bajarilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuklatilgan.