Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumanida balandligi 62 metr bo‘lgan bayroq qad rosladi

Mamlakatimizning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh Urgut tumanidagi Jartepa chegara posti yaqinida balandligi 62 metr bo‘lgan davlatimiz bayrog‘i qad rostladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu bayroq qad ko‘tarilishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tuman hokimligi, nuroniy otaxonu-onaxonlar so‘zga chiqib, tuman ahlini muborakbod etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida urgutlik yoshlar ishtirokida velomarafon o‘tkazildi.