Urgutda 2,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi
- 26.01.2024 15:38
- 658
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda “Z.B.” MChJ rahbari R.E. aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bank muassasasidan ajratilgan 2,2 mlrd. so‘m imtiyozli kredit evaziga kartoshka mahsulotini import qilmasdan ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi hamda 497,9 million so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Qassob boboning iti. Hajviya
- Bugun, 15:33
- Mutolaa
Ibratli voqea: Aka-ukalar
- Bugun, 15:25
- Mutolaa