Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda 28 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Urgut tumanida 3-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar 45 800 nafarni tashkil etadi. Tumanda 123 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 8800 nafardan ortiq bola qamrab olingan.

- Bugun tumanimizda oilaviy bog‘cha ochish istagini bildirayotgan tadbirkorlar talaygina, - deydi Urgut tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Hilola Boboyeva. – Yil boshida tumanimizda 86 ta oilaviy bog‘cha ochish rejalashtirilgan bo‘lsa, bugun ular soni 78 tani tashkil etmoqda. Yil yakunigacha 100 taga yetkazish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda 28 ta oilaviy bog‘cha ish faoliyatini boshladi. Aksariyati tumanimizning eng chekka hududlarida joylashgan ushbu bog‘chalarga 700 nafar bola qamrab olindi.