Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda giyohvandlik moddasi savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi

5 yanvar kuni Urgut tumani IIB 3-son IIB profilaktika inspektori tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, Urgut tumani «Boybul» mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Bulung‘ur tumanida yashovchi fuqaro B.U. 133,85 gramm «marixuana» bir qismini yo‘l chetidagi daraxt ostiga yashirib, yana bir qismini xaridorga sotish uchun namuna sifatida o‘zi bilan olib olgan. Xaridor bilan uchrashgach, namunani sotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan. U tomonidan daraxt ostiga yashirib qo‘yilgan giyohvandlik moddasi ham xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.