Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda O‘rta Osiyoda yagona 7 qavatli avtoturargoh barpo etilyapti

“Urgut  savdo kompleksi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududidagi 1.25 gektar maydonda 4 qavatli savdo majmuasi va unga tutashib ketuvchi 7 qavatli zamonaviy avtoturargoh bunyod etilmoqda. Tumandagi “Afsona plast prestij” MChJ, “Big stroy building” qo‘shma korxonasi xitoylik hamkorlar bilan birgalikda bunyod etayotgan bu inshootning loyiha qiymati 131 milliard 700 million so‘mni tashkil etadi.

Savdo majmuasida 670 ta do‘kon joylashadigan bo‘lsa, 7 qavatli avtoturargohda bir vaqtning o‘zida 14 mingdan ziyod avtomobillar joylashish imkoniyati mavjud.

To‘lqin SIDDIQOV.