Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda sanoat zonasi uchun nimstansiya qurilib, ishga tushirildi (foto)

Mustaqillik bayrami arafasida Urgut tumanidagi mahallalarda aholi va tadbirkorlarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tumanning Sariqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida sanoat zonasi uchun nimstansiya qurilib, ishga tushirildi. “Sariqtepa” 10 kVt kuchlanishli havo tarmog‘i uchun 30 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, 2000 kilometr AS-35 markali sim, 0,4 kVt.li 350 metrlik Sip-2 tarmog‘i tortildi.

Shuningdek, Sariqtepa mahallasidagi “Ra’no” 10 kVt kuchlanishli havo tarmog‘i uchun 25 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. 0,4 kVt.li havo tarmog‘i uchun esa 15 dona tayanch o‘rnatildi.