Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi korxona 1 mlrd 897 mln so‘mlik kredit qarzini to‘lamagan, muammo sud va MIB orqali yechim topdi

Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2021 yil 6 sentyabr kungi qaroriga asosan qarzdor MChJlardan biri undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” viloyat filiali foydasiga 1 mlrd. 897 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, qarzdorga ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi bo‘lim inspektori Maqsud Mamasoliyevga ko‘ra, olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor korxonadan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” viloyat filiali foydasiga 1 mlrd. mln. 897 ming so‘m undirilgan.