Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi xonadon yerto‘lasidan 5 kiloga yaqin giyohvandlik moddasi topildi

Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand viloyatida “Qoradori-2019” keng qamrovli tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli B.A.ning uyi yerto‘lasidan 4 kg. 635,69 gr. “opiy” giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.