Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutning chekka hududida yashovchi yigit 3,3 gramm "geroin" bilan ushlandi

27 yanvar kuni soat 14:05 larda  Samarqand viloyati va Urgut tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan Urgut shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda  Mirzobog‘lon-Chep mahallasida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O.A. xaridor sifatida jalb qilingan F. ismli shaxsga 1000 AQSh dollariga taxminan og‘irligi 4 gramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

Samarqand viloyati IIB ekspert-kriminalistika bo‘linmasining xulosasiga ko‘ra, O.Adan ashyoviy dalil sifatida olingan sarg‘ish rangli moddalar tarkibida “geroin” giyohvandlik moddasining sof og‘irligi 3,36 grammni tashkil qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O.A.ga nisbatan Urgut tumani bo‘yicha IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 5-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu haqda IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.