Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ustoz - qadri buyuk muallim!

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram sayli o‘tkazilmoqda.

’’Ustoz - qadri buyuk muallim!’’ shiori ostida o‘tayotgan sayilda ta’lim muassasalarining, hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar va jajji bolajonlarning konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

- Hozirda 80 yoshni qoralayotgan bo‘lsam, shu paytga qadar bugungidek ustozlarga ehtiromni ko‘rmaganman, - deydi faxriy o‘qituvchi, fizika matematika fanlari nomzodi Keldiyor Gadoyev. – Past Darg‘om tumanidagi 31-  maktabni bitirgan qishloqdoshlarimiz orasida ko‘pchiligi o‘qituvchilik kasbini tanlashgan. Ulardan 13 nafari fan nomzodi, 6 nafari fan doktori. Sayilni tomosha qilar ekanman, 42 yillik o‘qituvchilik faoliyatim, ustozlarim yodimga tushdi.

Sayilda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (foto).