Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uxanlik olimlar yangi koronavirus haqida xabar berishdi

Xitoylik olimlar avvalroq Janubiy Afrikada aniqlangan NeoCoV koronavirusining inson populyasiyasiga kirib borish xavfi borligini ma’lum qildi. Maqola bioRxivda nashr etildi.

“Ushbu viruslar guruhining tarqalish holatlari, ularning odamlarda paydo bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda, diqqat bilan kuzatib borish zarur”, — deyiladi nashrda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virus inson tanasi bilan o‘zaro ta’sirga kirishish uchun ma’lum mutatsiyaga muhtoj. Ayni paytda u faqat ko‘rshapalaklarga tahdid solmoqda. Biroq, olimlar NeoCoV tabiati ko‘p jihatdan hali ham noma’lum ekanligini ta’kidlashadi.

Hozir tadqiqot dastlabki nashr maqomiga ega: kelajakda u mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi kerak.

Ayni paytda koronavirusning barcha turlaridan eng samarali himoya bu - emlash bo‘lib qolmoqda. Vaholanki, shifoxonalarga murojaat qilayotgan COVID-19 bemorlarning aksariyati emlanmagani ma’lum.