Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan COVID-19 testi ishlab chiqarildi

Bu haqda "Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur VivaDiagTM Pro SARS-CoV-2Ag ekspress-test insonda SARS-CoV-2’dan nukleokapsid oqsil antigenini tez, sifatli aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu o‘z-o‘zini tekshirib ko‘rish uchun test.

"U faqat dastlabki skrining test natijasini beradi. Ushbu test 16 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda burunda to‘plangan namunalarini tampon bilan uyda tekshirish uchun mo‘ljallangan. 16 yoshdan kichik va 69 yoshdan oshgan odamlardan namuna olish va tekshirish kattalar hamrohligida o‘tkazilishi kerak", - deyiladi xabarda.