Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uyida qulflanib qolgan ikki bola qutqarildi

FVV xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga Termiz shahar Farovon massivida istiqomat qiluvchi Y.S.dan murojaat kelib tushgan.

Unga ko‘ra, fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolganligi va ikki nafar yosh bolalar yolg‘iz qolib ketganligi bois yordam so‘rab murojaat qilgan.

Shundan so‘ng navbatchi guruh zudlik bilan voqea joyiga yetib borishadi.

Qutqaruvchilarning samarali xatti-harakati natijasida uy eshigi ochib berilib, fuqaroning 8 yoshli Ye.N. va uning ukasi 5 yoshli Ye.M. ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.