Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UZ: Kimlar xavf ostidagi guruh hisoblanadi?

Kasallikning o‘tishi insonning immunitetiga bog‘liq - keksalar, surunkali kasalliklari mavjud va immuniteti pasaygan odamlarda kasallikning og‘ir kechish ehtimoli mavjud.

Tibbiyot xodimlari - koronavirus kasalligi aniqlangandan so‘ng tibbiyot xodimlari kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan guruhga aylanadi.

Bemor bilan bevosita muloqot (kontaktda)da bo‘lgan shaxslar - bemor bilan yoki yuqumli kasalliklar qayd etilgan hududlarda bevosita muloqot (kontakt)da bo‘lish, masalan, qo‘l berib ko‘rishish.

Yopiq bino yoki joylarda bemorlar bilan birga bo‘lgan shaxslar - koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan yopiq muhitda 2 metrdan yaqin masofada va 15 daqiqadan ko‘proq vaqt birga bo‘lgan odamlar.