Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UzAuto Motors avval foydalanilgan avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi

UzAuto Motors kompaniyasi Trade-in dasturi bo‘yicha maxsus tekshiruvlardan o‘tgan, foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishni taklif qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Trade-in dasturi doirasida dilerga topshirilgan har bir foydalanilgan avtomobil maxsus texnologiya asosida mutaxassislar tomonidan sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan o‘tadi.

Dastur asosida kompaniyaning yuqori malakali mutaxassislari tomonidan avtotransport vositalarida aniqlangan barcha nuqsonlar asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda bartaraf etiladi. Kamchiliklarni tuzatish uchun ishlatiladigan barcha ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlanadi. Ishlatilgan avtoulovni vakolatli dilerlardan xarid qilib, xaridor sotib olgan transport vositasining sifati va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Trade-In.uz saytida maxsus tekshiruv va tayyorgarlikdan o‘tgan foydalanilgan avtomobillarning keng turi mavjud. Xaridor moliyaviy imkoniyatini hisobga olgan holda ehtiyojiga mos keladigan avtomashinani tanlashi mumkin: https://trade-in.uz/cars.