Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Uzbekistan Airports" xorijiy aviakompaniyalar uchun tariflarni pasaytiradi

«Uzbekistan Airports» AJ rahbariyati xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan muntazam qatnovlarga yer usti xizmat ko‘rsatish tariflari va yig‘imlarining yangi ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» AJ ma’lum qildi.

Xususan, quyidagi xizmatlar uchun stavkalar va to‘lovlar pasaytirildi:

— samolyotning qo‘nish va chiqish yo‘lagini ta’minlash;

— yo‘lovchilarning aviatsiya xavfsizligini ta’minlash;

— samolyotning aviatsiya xavfsizligini ta’minlash;

— aerovokzaldan foydalanish;

— kelgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish;

— ketish uchun yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish;

— «CUTE» platformasiga kirish.

O‘rtacha tariflarning pasayishi 15 foizga teng bo‘ladi. Narxlar va to‘lovlarning yangilangan ro‘yxati 31 oktyabrdan — IATA 2021/2022 qish mavsumining boshidan boshlab kiritiladi.