Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Vaqf" fondi Makkai mukarramada yana bir xayrli ishga qo‘l urdi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan xayriyaparvar insonlar ko‘magida yurtimizning turli hududlarida ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu esa Fondga bo‘lgan ishonchning namunasidir.

7 avgust kuni muborak haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan yoshi keksa hojilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida savobli ishga qo‘l urildi.

"Vaqf" fondi tomonidan Saudiya Arabistoni iqlimining issiqligi sabab yoshi ulug‘ ziyoratchilarimiz uchun ibodatlarni amalga oshirish sinovli bo‘layotganini hisobga olib, ayrim ziyoratlarga harakatlanishda ko‘mak bo‘lishi uchun aravalar Makka shahriga yetkazildi. Ushbu aravalar Fond rahbari Iskandar Xalilov tomonidan "Haj-2019" tibbiyot guruhi ixtiyoriga topshirildi.

Fondning saxovatpesha homiylari ko‘magi bilan amalga oshirilgan ushbu xayrli ishlarning bardavom bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi. Bu haqda "Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati xabar bermoqda.