Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Vaqf" xayriya jamoat fondi yana bir xayriya tadbiri o‘tkazdi

Samarqand shahridagi Xoja Ahror Valiy ziyoratgohida muborak Qurbon hayiti munosabati bilan "Qurbonlik -2019" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Samarqand shahri, Samarqand, Toyloq, Jomboy va Past Darg‘om tumanidan kelgan 25 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga qurbonlik go‘shtlari tarqatildi. Shuningdek, xayriya tariqasida ulashilgan qurbonlik go‘shtlari Hadis ilmi maktabi talabalari hamda Samarqand shahridagi nogironlar jamiyatidan 12 nafar kishiga, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tasarrufidagi ziyoratgohlarning 15 nafar xizmatchi xodimlariga 2-3 kilogramdan tarqatildi.

Bugun O‘zbekiston musulmonlar idorasi viloyat vakilligi tasarrufidagi jome masjidlarning imom-xatiblari tashabbusi bilan chekka tumanlardagi yordamga muhtoj oilalarga ham qurbonlik go‘shtlari tarqatildi.