Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vaziyat og‘ir: koronavirus dunyoning qator davlatlarida ham tarqalmoqda

O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashgani kuzatilmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan bir qatorda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Eron, Italiya va ba’zi boshqa davlatlarda bemorlar soni ortmoqda.

Xizmat, turizm va boshqa maqsadlarda xorijga chiqishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimiz safardan oldin sog‘liklari uchun tahdidlarni diqqat bilan o‘ylab ko‘rishlari, mamlakatdagi epidemiologik holatni o‘rganishlari va safar chog‘ida shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, jamoaviy tadbirlarda ishtirok etishdan tiyilishlari, odamlar to‘planadigan joylarda barcha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV xorijda, jumladan, koronavirus bilan og‘rigan bemorlar aniqlangan davlatlar hududida bo‘lib turgan mamlakatimiz fuqarolariga zarur holatlarda O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.