Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i jomboylik pillakor muammosini hal qildi

Jomboy tuman xalq qabulxonasida Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev sayyor qabul o‘tkazdi.

– Oilamiz bilan har yili pilla yetishtiramiz, – deydi tumanning Beshbola mahallasida yashovchi Zuhra Najmiddinova. – Mehnatimiz evaziga rejani ham bajardik. Ammo ish haqiga kelganda muammolar paydo bo‘ldi. Buning qonuniy yechimini so‘rab sayyor qabulga murojaat qildim. Adliya xodimlariga rahmat. Murojaatimni joyida hal etishdi.

Qabulda sektor rahbarlari, tumanda faoliyat yuritayotgan sud raislari hamda korxona-tashkilotlarning mas’ul xodimlari fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga e’tibor qaratdi.

Nafaqa tayinlash, aliment to‘lovi, moddiy yordam va bankdan kredit olish masalalari borasidagi murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan qonuniy tartibda o‘rganiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida aholi o‘rtasida “Street law” loyihasi doirasida ijtimoiy so‘rov ham o‘tkazildi.