Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati sudi va ma’muriy sudi sudyalari xotin-qizlarni sayyor tartibda qabul qildi

Samarqand tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida Samarqand viloyati sudi va ma’muriy sudi sudyalari xotin-qizlarning muammolarini tingladi.

Sayyor qabulda 97 ta murojaat tushdi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolardan tushgan murojaatlarning har biri alohida e’tiborga olindi.

Xususan, murojaatchilarni aliment undirish, farzandini muddatidan oldin ozodlikka chiqarish, kadastr masalasida qonuniylikni ta’minlash, moddiy yordam olish va oilaviy nizolar qiynab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sudyalar va mutasaddi tashkilot vakillari ko‘tarilgan masalalarni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Aksariyat murojaat ijobiy yechim topgan bo‘lsa, ayrimlari rad etildi. Qolganiga huquqiy tushuntirish berildi.