Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng xavfli xakerlar va ular tomonidan uyushtirilgan hujumlar

So‘nggi yillarda OAVda xakerlar hujumi iborasi tobora keng qo‘llanilmoqda. Internet imkoniyatlarining rivojlanishi bilan jinoyatning yangi turi - xakerlar hujumi ham rivojlanib bormoqda. Ko‘pgina tashkilotlar va davlat idoralari kiber hujumdan saqlanish  maqsadida internet ma’lumotlarini eng zamonaviy himoya tizimlari bilan himoyalashmoqda. Biroq shu bilan birga xakerlar faoliyati ham jadallik bilan rivojlanmoqda va ular eng murakkab himoya tizimlarini ham buzishning uddasidan chiqishayotir.

E’tiboringizga dunyodagi eng xavfli xakerlarni havola etamiz.

Loyd Blenkenship - “Ustoz”

Loyd Blenkenship Legion of Doom nomli xakerlar guruhi a’zosi bo‘lgan. “Ustoz” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Loyd Blenkenship o‘tgan asrning 80-yillari yarmida Federal qidiriruv byurosi tomonidan hibsga olingandan so‘ng “Xaker qonuni” nomli kitobi orqali tanildi. Qonunda xakerlarning yagona jinoyati ularning judayam qiziquvchanligi, deya ta’kidlaydi u. Bu kitobda Loyd o‘ziga yarasha xakerlar qonunini yaratdi. Unda ta’kidlanishicha, xakerlar diniy, siyosiy va irqiy mansubligidan qat’i nazar bir maqsadni ko‘zlashlari kerak – mahfiy ma’lumotni qo‘lga kiritish. Mazkur kitob dunyo xakerlari orasida o‘ziga yarasha “Injil” vazifasini bajaradi. Hozirgi zamon xakerlari ham, haqiqiy afsonaga aylangan “Ustoz”ning bitiklariga amal qiladi.

Maykl Kals

Лойд Блэнкеншип

Ushbu xaker Mafiaboy taxallusi bilan mashhur. U Yahoo, FIFA, eBay va Amazon kabi yirik tashkilotlar saytlariga kiber hujumlar uyushtirgan. Mayklning bolaligi og‘ir o‘tgan. Bo‘lajak xaker o‘zining yagona ovunchog‘iga aylangan kompyuter bilan 6 yoshida do‘stlashgan. Keyinchalik “Mafiyachi”, “Rivolta” kiber hujumlarini tashkillashtirdi. Keyinchalik uning “Mafiyachi” guruhi butun dunyo xakerlari hurmatiga sazovor bo‘ldi. Mafiaboyning ta’kidlashicha, “Rivolta” hujumi vaqtida u faqat Yahoo tizimini ishdan chiqarishni rejalashtirgan. Biroq maktabga ketganida u faollashtirgan dastur Yahoo bilan bir qatorda FIFA, eBay, Amazon va boshqa yirik tashkilotlarning ham tizimini ishdan chiqargan.

Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari Mafiaboyni “muallif”ning ehtiyotsizligi tufayli aniqlashdi. Chatlarning birida u qilgan “sho‘xliklari” haqida maqtangan va bu holat FQB hodimlarini bee’tibor qoldirmagan. Maykl Kals qilgan “sho‘xlik”ni katta odam qilganida unga bu jinoyati uchun 1,2 milliard AQSh dollari qiymatida jarima va uzoq yillik qamoq jazosi tayinlanardi. U esa bor-yo‘g‘i shartli jazo va uzoq yillik kompyuterga yaqinlashishni ta’qiqlovchi jazo bilan qutulib qoldi.

Jonatan Jeyms

Фото

Jonatan Jeyms balog‘at yoshiga yetmasdan qamoq jazosini olgan birinchi xaker hisoblanadi. U 15 yoshida NASA tizimini buzib, u yerdan 1,7 million AQSh dollariga teng dasturlarni o‘g‘irlagan. Tasavvur qilib ko‘ring, 15 yoshli bolakay dunyoning eng himoyalangan tizimlaridan birini buza olgan! Jazo hukmi e’lon qilingan vaqtda u endi 16 yoshga to‘lgan edi. Yigitcha judayam maxfiy bo‘lgan himoya kodlarini o‘g‘irlagan. Uni 10 yillik qamoq jazosidan yosh bola ekanligi saqlab qoldi. Yoshi katta jinoyatchi shu ishni qilganida ahvoli ancha achinarli bo‘lardi. Fojianing oldini olish uchun NASA rahbarlari tizimni butunlay o‘chirib, ta’mirlash ishlarini olib borishga majbur bo‘lishgan.

Adrian Lamo - “Boshpanasiz xaker”

“Boshpanasiz xaker” taxallusini u deyarli barcha hujumlarni internet-kafelardan, kutubxonalardan yoki internetga ulanishning imkoni bo‘lgan boshqa jamoat joylardan amalga oshirgani uchun olgan. 2003 yilda u New York Times, Yahoo, Microsof, TopCafe.su va boshqa tashkilotlarning saytlarini buzganidan keyin butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Shuningdek, u WikiLeaks saytiga AQShning maxfiy harbiy ma’lumotlarini sotayotgan Bredli yoki Chelsi Menningning kimligini Amerika hukumatiga fosh qilib berdi.

Lamo “hamkasblari”ning fikriga ko‘ra, u hujumlarni faqat shon-shuhrat orttirish maqsadida uyushtirgan. Har yangi hujumdan keyin u o‘z “jabrlanuvchilari”ga ularning xavfsizlik tizimidagi kamchiliklar haqida ma’lumot qoldirgan. Lekin rahmat eshitmadi. NY Times nashri uni sudga berdi va sudda yutib chiqdi. Lamoga 65 000 dollar jarima va uy qamog‘i jazosi tayinlandi. 2018 yilda Lamoning otasi ijtimoiy tarmoqda o‘g‘lining vafot etgani haqida xabar berdi. O‘limni tasdiqlovchi hech qanday isbot va dalillar yo‘qligi tufayli Lamoning aslida o‘lmagani haqidagi mish-mishlar keng tarqalgan.

Kevin Mitnik

Kevin – xakerlar olamining haqiqiy afsonasi. U o‘zining ilk qonunbuzarligini o‘tgan asrning 70-yillarida avtobus chiptasi muddatini noqonuniy uzaytirib sodir etgan.

1983 yilda 20 yoshli Kevin Mitnik AQSh Mudofa vazirligining himoya tizimini buzdi va Pentagonning maxfiy ma’lumotlari saqlanadigan serveriga kirish imkonini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, u uyushtirgan telefon aloqasi bilan bog‘liq bir qancha jinoyatlar uni xakerlar ichida eng buyugi deb atashlariga sabab bo‘ldi.

AQSh jinoyatchilik departamentining ma’lumotiga ko‘ra, Kevin eng xavfli xakerlardan biri hisoblanadi. U butun mamlakatning ma’lumotlar bazasini ishdan chiqargan. Shuningdek, AQSh kompyuter xavfsizligiga javobgar bo‘lgan Sutoma Simomuraning kompyuteriga hujum uyushtirgan. Bu qilmishidan keyin u 2 yil qochqinlikda yurishga majbur bo‘ldi. AQSh fuqarolarining barchasi kredit kartochkalaridan pul olish imkoniyati borligiga qaramasdan, u o‘z faoliyati davomida bir sent ham o‘g‘irlamagan. Mitnik qo‘lga olingandan so‘ng 4 yil qamoqda o‘tirib chiqdi. Bir qancha muddatga unga kompyuter va telefonga yaqinlashish taqiqlandi. Taqiq muddati tugagandan so‘ng u kompyuter xavfsizligi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Geri Makkinnon

Geri AQSh harbiy bo‘limining kompyuterlariga hujum uyushtirgan va shu bilan AQSh harbiy kuchlariga jiddiy ziyon yetkazgan. Aytishicha, u faqat Noma’lum uchar jismlar (NUJ) haqida va butun insoniyatga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan maxfiy ma’lumotlar izlagan. Buning uchun shotlandiyalik xaker NASAning barcha himoya tizimlarini buzib chiqqan va 2 mingdan ortiq kompyuterni ishdan chiqargan. 24 soat mobaynida kosmik stansiyaning rasmiy saytidan uning “Sizning himoya tizimingiz safsata”, degan yozuvini olib tashlashning imkoni bo‘lmagan va bu holat AQSh harbiylarining jahlini chiqargan.

Makkinnonning jinoyat ishi hozirgi kunga qadar nihoyasiga yetkazilmagan. Chunki AQSh hukumati uning ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati dastlab uni ekstraditsiya qilinishiga rozilik berdi. Biroq ular xakerni faqatgina Buyuk Britaniyada sud qilishni talab qilishgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh sud tizimi unga nisbatan hukmni tayyorlab qo‘ygan, hukmga binoan Geri terrorchilar va harbiy jinoyatchilar saqlanadigan dunyoning eng xavfli qamoqxonalaridan biri – Guantanamo qamoqxonasida 70 yil qamoqda o‘tirishi kerak.

Valdira de Almeyda

2005 yilda 18 kishidan iborat spam xatlar jo‘natadigan guruh yetakchisi Valdira de Almeyda qo‘lga olindi. Ishonuvchan foydalanuvchilar kompyuterlariga yuborilgan spam xatlar yordamida Valdira 40 million AQSh dollariga teng mablag‘ ishlab olgan. U dunyoga “eng mashhur spamchi” bo‘lib tanildi. Chunki u har kuni 3 millionta hat jo‘natgan.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.