Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq banki filiali boshqaruvchisi pora bilan qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘z tuman bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda AT «Xalq banki» Bo‘z tuman filiali boshqaruvchisi A.A. «M»MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxonalar qurib bitkazgani uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasidan ajratilgan 66 million so‘mni «M» MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga jamiyat rahbari F.A.dan 10 million so‘m pora talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, makur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.