Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi 65-sessiyasi o‘tkazilmoqda

Bugun, 7 sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimligida xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi 65-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilayotgan sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nodavlat-notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Sessiya kun tartibida parlament ishchi guruhi tomonidan viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish natijalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etilmoqda.

Saytimizni kuzatib boring, sessiya tafsilotlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.