Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq ta’limi vazirligi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chellenj e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan #ustozgaehtirom chellenjini e’lon qiladi.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramida har birimiz ustozlarimizni kasb bayrami bilan qutlaymiz va ularga ehtirom ko‘rsatamiz.

#ustozgaehtirom chellenji doirasida o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirgan holda Siz erishgan yutuqlarda ularning o‘rni haqida video va matn shaklidagi murojaatlar Facebook, Instagram, Youtube hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarda #ustozgaehtirom xeshtegi bilan e’lon qilinishi lozim. Shu bilan birga, har bir chellenj ishtirokchisi o‘z yaqinlaridan kamida uch nafarini ustozga ehtirom ko‘rsatish uchun chaqirishi kerak.

Mazkur chellenjning asosiy maqsadi jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom yuqori ekanini ko‘rsatishdir.