Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq ta’limi vazirligi tizimni rivojlantirish bo‘yicha ziyolilardan taklif kutmoqda

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. 2018 yilda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi so‘rovnoma o‘tkazib, tizimda qator islohotlar olib borildi.
Birinchi o‘rinda, o‘qituvchilarning oyliklari oshirildi va ularning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘qituvchilar yuritishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqardi.

Maktablar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Tizimga axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.
Shu bilan birga, oldimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish kabi vazifalar turibdi. Xalq ta’limi vazirligi hozirda 2020 yil uchun asosiy islohotlar yo‘nalishlarini belgilab olish ishlarini boshlagan.

Shu munosabat bilan, xalq ta’limi tizimi xodimlari va sohaga befarq bo‘lmagan shaxslar quyidagi havolada keltirilgan shakl orqali 2020 yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan islohot va ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni qoldirishlari mumkin.
Takliflarni 2019 yil 7 oktyabr soat 18.00ga qadar berishingizni so‘raymiz. Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish uchun o‘z hissangizni qo‘shing.