Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro anjuman ishtirokchilari munosib kutib olindi

“Samarqand” xalqaro aeroportida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi” mavzuidagi xalqaro anjuman ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

Mamlakatimizning turli hududlari hamda dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 140 ga yaqin xalqaro ekspertlar, olimlar, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy merosi tadqiqotchilari, restavratorlar, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy meros Departamenti mas’ul xodimlari, madaniyat va turizm sohasidagi davlat organlari hamda madaniy merosni saqlash sohasida AKT qo‘llash bo‘yicha xalqaro ekspertlar, tahlilchilar, davlat tashkilotlari rahbarlari, ta’lim sohasi vakillari xalqaro anjuman doirasida o‘tkaziladigan qator tadbirlarda, shuningdek, “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.