Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro kuzatuvchilari “Adolat” bilan qiziqdi

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi borishi bilan tanishayotgan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining xalqaro kuzatuvchilari Alessandro Bartolini hamda Lela Taliuri “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashida bo‘lib, partiya faollari bilan uchrashdi.

 “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi Muhiba Bobobekova partiyaning tarixi va tizimi, dasturiy g‘oya va maqsadlari, tarkibiy tuzilishi haqida ma’lumot berdi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiya o‘z nomzodi bilan ishtirok etayotgani, shu kunlarda joylarda saylovoldi tashviqoti olib borilayotgani haqida so‘z yuritildi.

–  Saylovoldi tashviqotini olib borish uchun barcha siyosiy partiyalarga teng sharoit va imkoniyat yaratilgan, – dedi M.Bobobekova. – Biz bu imkoniyatlardan foydalanib, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazyapmiz, davlat ommaviy axborot vositalarida ajratilgan bepul efir vaqti va bosma maydonidan foydalanyapmiz. O‘z dasturimizni keng targ‘ib etyapmiz.

Xalqaro kuzatuvchilar partiya tashkiloti faoliyati hamda saylov kampaniyasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.