Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

XDP vakili 5 kishilik oilaga 2,5 million so‘m oylik yetarli degan gapga izoh berdi

XDP partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov 10 noyabr kuni Toshkentda siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan «Demokratik debat»da Toshkentda 2,5 million so‘m oylik oluvchi bir nafar boquvchi 5 kishidan iborat oilani boqishi mumkin, deb aytgandi.

Ulug‘bek Inoyatovning ushbu fikri ijtimoiy tarmoq foydalanavchilarining bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi sektor mudiri Ravshan Xomitov Xalqaro press-klubning Telegram-kanalida  yuqoridagi fikrga izoh berdi.

«Bizning siyosiy partiyamiz rahbari, hurmatli Ulug‘bek Ilyosovich, 2,5 million pul 5 kishidan iborat oilaga yetadi degan fikrni bildirganida oilaning barcha xarajatlarini nazarda tutmagan. Balki faqat oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni nazarda tutgan edi», degan Ravshan Xomitov.