Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy AQShdan Tayvanga qurol sotishni darhol to‘xtatishni talab qildi

Xitoy Qo‘shma Shtatlardan mintaqada keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Tayvanga qurol-yarog‘ sotishni to‘xtatish va Taybey bilan harbiy aloqalardan voz kechishni talab qilayotganini Xitoyning Vashingtondagi elchixona matbuot kotibi Lyu Pen’yuy ma’lum qildi.

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden yaqin orada Kongressdan AQShning Tayvanga taxminan 1,1 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotishini ma’qullashni so‘rash niyatida ekani haqida Politico gazetasi xabar bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap 60 ta kemaga qarshi raketalar va 100 ga yaqin havo raketalari haqida bormoqda.

“AQShning Tayvanga qurol sotishi “Yagona Xitoy” tamoyili va uchta qo‘shma Xitoy-AQSh kommyunikesi qoidalarini jiddiy buzadi, Tayvan mustaqilligi tarafdori kuchlarini rag‘batlantiradi va Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab keskinlikni kuchaytiradi”, deya fikr bildirgan diplomat kutilayotgan qurol savdosi haqida.

Shu bilan birga, Lyu Pen’yuy Xitoy “o‘z suvereniteti va xavfsizlik manfaatlarini qattiq himoya qilish uchun qat’iy va samarali choralar ko‘rishda davom etishini” ta’kidlagan.

Ma’lumki, dushanba kuni Oq uy vakili Jon Kirbi brifingda garchi Qo‘shma Shtatlar mustaqillikka erishish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasa-da Vashington orolga xavfsizlik bo‘yicha yordam ko‘rsatishda davom etish niyatida ekanligini aytgandi.

Tayvan atrofidagi vaziyat AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining oroliga tashrifidan keyin keskinlashdi.

Rasmiy ravishda orolni o‘z ichiga olgan Xitoy bu safarni qoralab, ushbu harakatni Vashingtonning Tayvan separatizmini qo‘llab-quvvatlashi deb baholadi.

Bunga javoban Pekin mintaqada keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazdi, orolga nisbatan cheklovchi iqtisodiy choralar joriy etildi, Pelosining o‘ziga ham sanksiyalar joriy etildi.