Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy hamda gonkongliklar uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi belgilandi

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.