Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy rahbari epidemiya tarqalgandan beri ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szin Pin o‘z xalqiga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda g‘alaba qozonishlariga «ishonishlari» kerakligini aytdi.

Hozirgacha Xitoyda 900 dan oshiq odamning o‘limiga olib kelgan ushbu epidemiya JSST tomonidan “global muammo”ga aylanganligi e’lon qilingandi.

Xitoy poytaxti Pekindagi Ditan kasalxonasida tibbiy xodimlar bilan uchrashgan Xitoy rahbari o‘z xalqiga qarata shunday dedi: «Biz oxir-oqibat ushbu epidemiyaga qarshi kurashda g‘alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak».

Shuningdek, yuz niqobini taqqan Si o‘z haroratini tekshirtirdi.