Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoy Tayvanda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaror qildi

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi AQSh kongressmenlarining orolga tashrifi fonida Tayvan hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishga qaror qildi.

Bu haqda NOAK jangovar qo‘mondonligining sharqiy zonasiga tayanib, bir qator OAV xabar bermoqda.

“15 aprel kuni Xitoy Xalq ozodlik armiyasining Sharqiy zona qo‘mondonligi Sharqiy Xitoy dengizi va Tayvan oroli atrofida ko‘p maqsadli jangovar patrullar tashkil etish, dengiz va havo mashqlarini o‘tkazish uchun harbiy kemalar, bombardimonchi, qiruvchi samolyotlar va boshqa kuchlarni yubordi”, - deyiladi bayonotda.

AQSh prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Vashington Taybeyning Pekin bilan kuch orqali birlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralarni ko‘radi.

“AQSh uchun Ukraina va Tayvandagi vaziyat bir xil emas. Bizning davlat siyosatimiz shundan iboratki, biz bu (qayta birlashish) hech qachon sodir bo‘lmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz”, degan u.